locale OZ

Farruh Sayfiyev yangi mavsumda ham “Neftchi” safida harakat qilishda davom etadi

Klub va futbolchi o‘rtasidagi shartnoma yana bir yilga uzaytirildi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Farruh Sayfiyev yangi mavsumda ham “Neftchi” safida harakat qilishda davom etadi
photo: Neftchi FK

Jamoamiz chempionlik yo‘lidagi muvaffaqiyatga munosib hissa qo‘shgan tajribali himoyachi Farruh Sayfiyev yangi mavsumda ham “Neftchi” safida harakat qilishda davom etadi. Klub va futbolchi o‘rtasidagi shartnoma yana bir yilga uzaytirildi.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi bo‘lgan Farruh Sayfiyev joriy mavsumda jamoamiz libosida 19 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Ushbu o‘yinlarning 13 tasi g‘alaba bilan yakunlangan bo‘lib, futbolchi Superliga bahslarida jami 1406 daqiqa harakat qildi.

"Maydondagi barqaror o‘yini, tajribasi va ishonchli himoyasi bilan ajralib turadigan Farruh Sayfiyev kelasi mavsumda ham farg'onaliklar oldiga qo‘yilgan yuksak maqsadlar yo‘lida muhim rol o‘ynashiga ishonamiz.

Futbolchiga yangi mavsumda jamoamiz safida omad, mustahkam sog‘liq va yorqin g‘alabalar tilaymiz",-deb yoziladi klub rasmiy sahifasida.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting