locale OZ

Fabregas Eldor Shomurodovning ustoziga aylanishi mumkin

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Fabregas Eldor Shomurodovning ustoziga aylanishi mumkin
Photo: Getty Images

Italiyaning “Komo” klubi bosh murabbiyi Sesk Fabregas “Roma”ni boshqarishi mumkin. Bu haqda “Sky Sport Italia” nashri xabar berdi.

Manbaga ko'ra, rimliklar murabbiylik lavozimi uchun bir necha nomzodlarni ko'rib chiqmoqda. Xususan, Sesk Fabregas ham “bo'rilar”ni boshqarishga asosiy nomzod sifatida qaralmoqda.

Bundan tashqari, “Roma" short-listidan Franchesko Farioli, “Jenoa” ustozisi Patrik Viera va hozirda “Al-Nasr”ni boshqarib kelayotgan Stefano Pioli ham o'rin olgan.

Qayd etish joiz, ayni damga kelib, rimliklarni boshqarib kelayotgan tajribali mutaxassis Klaudio Raneri mavsum oxirida lavozimini tark etadi va klub tizimida rahbarlik vazifasini bajaradi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting