locale OZ

Fabregas A Seriyada oyni eng yaxshi murabbiyi deb topildi

U aprel oyida ham eng yaxshi deb topilgan edi
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Fabregas A Seriyada oyni eng yaxshi murabbiyi deb topildi
Photo: Getty Images

“Como” bosh murabbiyi Cesc Fabregas A Seriyada oyni eng yaxshi murabbiy sifatida e'tirof etildi.

Ispaniyalik mutaxassis sport gazetalarining direktorlaridan eng ko‘p ovoz olib, may oyining mukofotiga sazovor bo‘ldi. U aprel oyida ham eng yaxshi deb topilgandi.

May oyida "Como" uchta o‘yin o‘tkazib, ikkitasi g‘alaba bilan yakunlandi, bir uchrashuv esa durang natija bilan tugadi. Klub 37-turdan so‘ng 49 ochko bilan turnir jadvalida 10-o‘rinda bormoqda.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting