locale OZ

Fabio Kannavaro: «Portugaliya faqat Ronaldudan iborat emas»

Jahon chempionati K guruhi 2-turidan o'rin olgan Portugaliya-O'zbekiston qarama-qarshiligi oldidan MilliyJamoa bosh murabbiyi rasmiy matbuot anjumanida ishtirok etdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
 Fabio Kannavaro: «Portugaliya faqat Ronaldudan iborat emas»
photo: UFA
Jahon chempionati (JCH-2026)
23.06.2026, Yak.
Portugaliya
5
O‘zbekiston
0

Jahon chempionati K guruhi 2-turidan o'rin olgan Portugaliya-O'zbekiston qarama-qarshiligi oldidan MilliyJamoa bosh murabbiyi Fabio Kannavaro rasmiy matbuot anjumanida ishtirok etdi.

«Avval ham aytganimdek, biz faqat Krishtianuga qarshi o‘ynamaymiz. U futbol tarixidagi eng buyuk futbolchilardan biri, biroq Portugaliya faqat Ronaldudan iborat emas. Ularning asosiy tarkibida ham, zaxirasida ham juda ko‘p yuqori saviyali futbolchilar bor. Shunga qaramay, jarima maydonida Ronalduni bir lahzaga ham e’tiborsiz qoldirib bo‘lmaydi.

U standart vaziyatlarda ham, o‘yin davomida ham istalgan payt gol urishga qodir. Shu bois butun o‘yin davomida maksimal darajada diqqatli bo‘lishimiz kerak»,-dedi mutaxassis.

Eslatib o'tamiz Portugaliya-O'zbekiston bahsi 23-iyun kuni Toshkent vaqti bilan 22:00 da boshlanadi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting