Fabio Kannavaro: «Masala ko‘p yugurishda emas, to‘g‘ri yugurishda»
Jahon chempionati K guruhi 2-turidan o'rin olgan Portugaliya-O'zbekiston qarama-qarshiligi oldidan Milliy Jamoa bosh murabbiyi Fabio Kannavaro rasmiy matbuot anjumanida ishtirok etdi.
«Statistikalarni tahlil qilish oson emas. Masalan, to‘pning harakat tezligiga qarasangiz, futbolchilarning texnik mahorati qanchalik yuqori ekanini tushunishingiz mumkin. Men faqat jismoniy ko‘rsatkichlarga qarashni yoqtirmayman. Chunki yakunda eng muhimi — to‘pni qanday nazorat qilishingiz, qanday uzatishingiz va uni qanchalik kam yo‘qotishingizdir.
Menimcha, agar siz o‘yin davomida to‘pni 20 marta yo‘qotsangiz, uni qaytarib olish uchun 20 marta yugurishingizga to‘g‘ri keladi. Bu esa juda muhim omil. Portugaliyaning statistikasi esa, albatta, ko‘p jihatlar bo‘yicha yuqori darajada. Biz buni bilamiz va tahlil qilib chiqdik.
Shu bilan birga, biz maydonda tartibsiz ravishda har tomonga yugurib yurishimiz kerak emas. Masala ko‘p yugurishda emas, to‘g‘ri yugurishda. To‘pni yo‘qotmaslik va uni qayerda qaytarib olishni bilish muhim»,-dedi mutaxassis.
Eslatib o'tamiz Portugaliya-O'zbekiston bahsi 23-iyun kuni Toshkent vaqti bilan 22:00 da boshlanadi.