Fabio Kannavaro: «Jamoaga kelganimizdan buyon asosiy e’tibor futbolchilarning jismoniy holatini yaxshilashga qaratildi»
Jahon chempionati K guruhi 2-turidan o'rin olgan Portugaliya-O'zbekiston qarama-qarshiligi oldidan Milliy Jamoa bosh murabbiyi Fabio Kannavaro rasmiy matbuot anjumanida ishtirok etdi.
photo: gettyimages
Jahon chempionati (JCH-2026)
23.06.2026, Yak.
Portugaliya
5
O‘zbekiston
0
Jahon chempionati K guruhi 2-turidan o'rin olgan Portugaliya-O'zbekiston qarama-qarshiligi oldidan Milliy Jamoa bosh murabbiyi Fabio Kannavaro rasmiy matbuot anjumanida ishtirok etdi.
«Jamoaga kelganimizdan buyon asosiy e’tibor futbolchilarning jismoniy holatini yaxshilashga qaratildi. Ayrim futbolchilar turli chempionatlarda o‘ynagan, ba’zilarida esa ma’lum muammolar mavjud edi.
Shunga qaramay, so‘nggi o‘yin davomida futbolchilarning holati yaxshi ekanini ko‘rdim. Jamoa uchrashuvni yuqori tempda yakunladi va barcha o‘zini yaxshi his qildi»,-dedi mutaxassis.
Eslatib o'tamiz Portugaliya-O'zbekiston bahsi 23-iyun kuni Toshkent vaqti bilan 22:00 da boshlanadi.
Ibrohim Jalolov
Redaktor