Endi o‘zbekistonlik hakamlar La Liga va UEFA hakamlari kabi kiyinadi
FOTO: Getty Images
Bugunga qadar O‘zbekiston Superligasi va quyi liga hakamlari Legend brendi formalaridan foydalanishardi.
Sports24.uz saytining ma’lumotiga ko‘ra, tez orada hakamlarimiz uchun Italiyadagi mashhur Macron korporatsiyasiga tegishli formalar yetib keladi.
Ushbu korporatsiya liboslarini Ispaniya chempionati va UEFAning barcha musobaqalarida ishlovchi hakamlar kiyishadi.
Ma’lumot uchun, Macron 1971 yilda tashkil topgan. Korporatsiya Bolonyada joylashgan.
Farhod Fayziyev
Ekspert