Elit OChL. Bugun «Nasaf» Qarshida «Al-Hilol»ni qabul qiladi
Ushbu uchrashuv soat 18:45 da "Qarshi" markaziy stadionida boshlanadi.
Фото: Насаф ПФК
Elit Osiyo Chempionlar Ligasi guruh bosqichi 2-tur doirasida Qarshining "Nasaf" klubi o‘z uyida Saudiya Arabistonining "Al-Hilol" jamoasiga qarshi bahs olib boradi.
Ushbu uchrashuv soat 18:45 da "Qarshi" markaziy stadionida boshlanadi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalgi turda Ro‘ziqul Berdiev shogirdlari Saudiya Arabistonining "Al Ahli" jamoasiga qarshi safarda bahs olib borib, 2:4 hisobida mag‘lubiyatga uchragan edi.
Bugungi bahsda "ajdarlar" qizil rangli futbolkalarda maydonga tushadi. Raqib esa to‘liq ko‘k rangli liboslarda harakat qiladi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist