locale OZ

Eldor Shomurodov “Kremoneze”ga ha dedi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Eldor Shomurodov “Kremoneze”ga ha dedi
FOTO: Getty Images

O'zbekiston milliy terma jamoasi va “Roma” klubi hujumchisi Eldor Shomurodov faoliyatini A Seriyaning boshqa klubida davom ettirishi mumkin. Bu haqda Sport Italia xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, Shomurodov “Kremoneze”ning taklifiga rozilik bergan. Endi kremoneliklar “Roma” bilan transfer narxini kelishib olishi kerak.

Qayd etilishicha, rimliklar Eldor uchun 8-9 million yevro talab qilmoqda.

Ma'lumot uchun, Shomurodov o'tgan mavsum barcha turnirlarda 37 ta o'yinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 5 million yevroga baholanmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting