locale OZ

Eldor Shomurodov: “Biz Chempionlar Ligasiga chiqishni istaymiz”

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Eldor Shomurodov: “Biz Chempionlar Ligasiga chiqishni istaymiz”
FОТО: Football Italia
Italiya A seriyasi
19.04.2025, Yak.
Roma
1
Verona
0

Italiya A Seriyasining 33-turidan o'rin olgan bahsda “Roma” o'z maydonida “Verona”ni qabul qildi va Eldor Shomurodovning yagona goli evaziga g'alaba qozondi.

Uchrashuvdan so'ng Shomurodov o'yin haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

“Biz Chempionlar Ligasiga chiqishni istaymiz, shu bois qolgan barcha o'yinlarda g'alaba qozonishimiz kerak. Klaudio Ranyeri bu juda qiyin bo'lishini, lekin uddalay olishimizni aytdi. Biz muxlislarning qo'llab-quvvatlashi sabab g'alaba qozondik.

Men murabbiy nima istayotganini bilaman. Bu jamoaga yordam bermoqchiman, imkon berilsa, klub uchun borimni berishga tayyorman. “Roma”da yaxshi tarkib shakllangan, biz har bir bahsda g'alaba qozonishni istaymiz”, - deydi Shomurodov.

Ma'lumot uchun, “Roma” ushbu g'alabadan so'ng o'z ochkolari hisobini 57 taga yetkazib olib, turnir jadvalida 5-o'rinni egallab turibdi. Rimliklar keyingi turda “Inter” maydoniga safar qiladi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting