Edin Jeko – \"Fiorentina\" futbolchisi
Photo: Getty Images
Bosniyalik hujumchi Edin Jeko faoliyatini "Fiorentina"da davom ettiradi. Bu haqda klub matbuot xizmati rasmiy tarzda e'lon qildi.
Manbaga ko‘ra, tomonlar 1+1 ko‘rinishida shartnoma imzolagan. U yangi jamoasida yiliga 1,6 million yevro maosh olishi xabar qilingan edi.
39 yoshli Jeko o‘tgan mavsum "Fenerbahche" safida jami 53 ta o‘yinda maydonga tushib, 21 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
U avvalroq "Wolfsburg", "Manchester City", "Roma" va "Inter" jamoalari safida ham faoliyat yuritgan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist