locale OZ

Dushan Vlahovich faoliyatini Turkiyada davom ettirishi mumkin

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Dushan Vlahovich faoliyatini Turkiyada davom ettirishi mumkin
FOTO: Getty Images

Turkiyaning “Fenerbaxche” klubi yozgi transferlar vaqtida “Yuventus” hujumchisi Dushan Vlahovichni sotib olish ustida ish olib bormoqda. Bu haqda Sabah nashri xabar berdi.

Manbaga ko'ra, turk klubi serbiyalik futbolchi uchun 40 million yevro taklif qilishga tayyor. “Fenerbaxche” ushbu mablag'ni jamoa a'zosi Yusuf En-Nesirini saudiyaliklarga sotish orqali ishlab topmoqchi.

Qayd etilishicha, turklar En-Nesirini 30 million yevroga qo'yib yuborishi mumkin. Qolgan 10 million yevroni esa klub byudjetidan yoki homiylardan olishni maqsad qilgan.

Ma'lumot uchun, Vlahovich joriy mavsum barcha turnirlarda 38 ta o'yinda maydonga tushib 14 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 45 million yevroga baholanmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting