locale OZ

«Dinamo» va «Xorazm» futbolchisi 2 ta o‘yinga chetlatildi — Tartib-intizom qo‘mitasining qarorlari

So‘nggi turlarda bo‘lib o‘tgan uchrashuvlardagi intizomiy ishlar ko‘rib chiqildi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Dinamo» va «Xorazm» futbolchisi 2 ta o‘yinga chetlatildi — Tartib-intizom qo‘mitasining qarorlari
Фото: ЎФА

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi Tartib-intizom qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda so‘nggi turlar doirasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvlardagi intizomiy ishlar ko‘rib chiqildi.

Superliga

“Mash’al” — “Buxoro”

Superliga 23-turidan o‘rin olgan “Mash’al” — “Buxoro” uchrashuvining 30-daqiqasida “Buxoro” jamoasi futbolchisi Frane Ikiç raqib futbolchisiga tirsagi bilan zarba bergani uchun qizil kartochka ko‘rsatildi.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, unga 2 ta o‘yinga chetlatish (diskvalifikatsiya) va jarima intizomiy chorasi qo‘llanildi.

“Xorazm” — “Navbahor lochinlari”

Superliga 24-turidan o‘rin olgan “Xorazm” — “Navbahor lochinlari” uchrashuvining 60-daqiqasida “Xorazm” jamoasi futbolchisi Diyorbek Ortiqboev raqib futbolchisiga oyoq tagi bilan zarba bergani uchun qizil kartochka ko‘rsatildi.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, unga 2 ta o‘yinga chetlatish (diskvalifikatsiya) va jarima intizomiy chorasi qo‘llanildi.

“Andijon” — OKMK

Superliga 23-turidan o‘rin olgan “Andijon” — OKMK uchrashuvida “Andijon” klubi uchrashuvni tashkil etishda reglament talablariga rioya qilmagan (stadion tablitsi, reklama shitlari, homiylar roliklari ishlamagan).

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, “Andijon” klubiga jarima intizomiy chorasi qo‘llanildi.

“Neftchi” — “Andijon”

Superliga 24-turidan o‘rin olgan “Neftchi” — “Andijon” uchrashuvidan so‘ng “Neftchi” jamoasi futbolchilari mikst-zonadan harakatlanmasdan boshqa yo‘ldan stadionni tark etishgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, “Neftchi” klubiga jarima intizomiy chorasi qo‘llanildi.

“Buxoro” — “Paxtakor”

Superliga chempionatining 24-turidan o‘rin olgan “Buxoro” — “Paxtakor” uchrashuvining 54-daqiqasida ikki jamoa futbolchilari o‘zaro janjallashib, ommaviy tartibsizlik keltirib chiqardi.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, “Paxtakor” klubiga jarima intizomiy chorasi qo‘llanildi.

OKMK — “Bunyodkor”

Superliga chempionatining 22-turidan o‘rin olgan OKMK — “Bunyodkor” uchrashuvining 20-daqiqasida OKMK jamoasi futbolchisi Aziz Xolmurodov simulyatsiya ishlatgani uchun ogohlantirildi.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Aziz Xolmurodovga jarima intizomiy chorasi qo‘llanildi.

Superliga chempionatining 22-turidan o‘rin olgan OKMK — “Bunyodkor” uchrashuvining 87-daqiqasida “Bunyodkor” jamoasi futbolchisi Martin Schroler o‘yin vaqtini cho‘zgani uchun ogohlantirildi.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Martin Schrolerga jarima intizomiy chorasi qo‘llanildi.

“Sho‘rtan” — “Paxtakor”

Superliga chempionatining 22-turidan o‘rin olgan “Sho‘rtan” — “Paxtakor” uchrashuvining 90+4-daqiqasida “Sho‘rtan” jamoasi futbolchisi Shohrukhjon Eshbo‘tayev o‘yin vaqtini cho‘zgani uchun ogohlantirildi.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Shohrukhjon Eshbo‘tayevga jarima intizomiy chorasi qo‘llanildi.

“Xorazm” — “Qo‘qon-1912”

Superliga chempionatining 22-turidan o‘rin olgan “Xorazm” — “Qo‘qon-1912” uchrashuvining 90+5-daqiqasida “Qo‘qon-1912” jamoasi futbolchisi Shahzod Akramov o‘yin vaqtini cho‘zgani uchun ogohlantirildi.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Shahzod Akramovga jarima intizomiy chorasi qo‘llanildi.

“Buxoro” — “Navbahor lochinlari”

Superliga chempionatining 22-turidan o‘rin olgan “Buxoro” — “Navbahor lochinlari” uchrashuvining 86-daqiqasida “Buxoro” jamoasi futbolchisi Frane Ikiç o‘yin vaqtini cho‘zgani uchun ogohlantirildi.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Frane Ikiçga jarima intizomiy chorasi qo‘llanildi.

“Qizilqum” — “Nasaf”

Superliga chempionatining 22-turidan o‘rin olgan “Qizilqum” — “Nasaf” uchrashuvining 90+5-daqiqasida “Nasaf” jamoasi futbolchisi Suxrob Nurulloyev o‘yin vaqtini cho‘zgani uchun ogohlantirildi.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Suxrob Nurulloyevga jarima intizomiy chorasi qo‘llanildi.

Superliga chempionatining 22-turidan o‘rin olgan “Qizilqum” — “Nasaf” uchrashuvining 68-daqiqasida “Qizilqum” jamoasi futbolchisi Bobomurod Bozorov hakam qaroriga e'tiroz bildirgani uchun ogohlantirildi.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Bobomurod Bozorovga jarima intizomiy chorasi qo‘llanildi.

Superliga chempionatining 22-turidan o‘rin olgan “Qizilqum” — “Nasaf” uchrashuvining 74-daqiqasida “Qizilqum” jamoasi futbolchisi Islombek Kenjaboyev hakam qaroriga e'tiroz bildirgani uchun ogohlantirildi.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Islombek Kenjaboyevga jarima intizomiy chorasi qo‘llanildi.

“Nasaf” — “Xorazm”

Superliga chempionatining 23-turidan o‘rin olgan “Nasaf” — “Xorazm” uchrashuvining 88-daqiqasida “Xorazm” jamoasi futbolchisi Jasur Azimov hakam qaroriga e'tiroz bildirgani uchun ogohlantirildi.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Jasur Azimovga jarima intizomiy chorasi qo‘llanildi.

Superliga chempionatining 23-turidan o‘rin olgan “Nasaf” — “Xorazm” uchrashuvining 78-daqiqasida “Xorazm” jamoasi direktori Rozimboy Ahmedov hakam qaroriga e'tiroz bildirgani uchun ogohlantirildi.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Rozimboy Ahmedovga jarima intizomiy chorasi qo‘llanildi.

Superliga chempionatining 23-turidan o‘rin olgan “Nasaf” — “Xorazm” uchrashuvining 90+6-daqiqasida “Nasaf” jamoasi futbolchisi Abduvohid Ne'matov o‘yin vaqtini cho‘zgani uchun ogohlantirildi.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Abduvohid Ne'matovga jarima intizomiy chorasi qo‘llanildi.

“Dinamo” — “Sho‘rtan”

Superliga chempionatining 23-turidan o‘rin olgan “Dinamo” — “Sho‘rtan” uchrashuvidan so‘ng “Sho‘rtan” jamoasi futbolchisi Choriyor Tursunqulov hakam qaroriga e'tiroz bildirgani uchun ogohlantirildi.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Choriyor Tursunqulovga jarima intizomiy chorasi qo‘llanildi.

“So‘g‘diyona” — “Neftchi”

Superliga chempionatining 23-turidan o‘rin olgan “So‘g‘diyona” — “Neftchi” uchrashuvining 84-daqiqasida “So‘g‘diyona” jamoasi murabbiyi Ivan Boškovich hakam qaroriga e'tiroz bildirgani uchun ogohlantirildi.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Ivan Boškovichga jarima intizomiy chorasi qo‘llanildi.

“Xorazm” — “Navbahor lochinlari”

Superliga chempionatining 24-turidan o‘rin olgan “Xorazm” — “Navbahor lochinlari” uchrashuvining 86-daqiqasida “Navbahor lochinlari” jamoasi futbolchisi Umidjon Ergashov o‘yin vaqtini cho‘zgani uchun ogohlantirildi.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Umidjon Ergashovga jarima intizomiy chorasi qo‘llanildi.

Superliga chempionatining 24-turidan o‘rin olgan “Xorazm” — “Navbahor lochinlari” uchrashuvining 90+6-daqiqasida “Navbahor lochinlari” jamoasi futbolchisi Jamshid Boltaboyev hakam qaroriga e'tiroz bildirgani uchun ogohlantirildi.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Jamshid Boltaboyevga jarima intizomiy chorasi qo‘llanildi.

“Surxon” — “Dinamo”

O‘zbekiston Superligasi 24-turidan o‘rin olgan “Surxon” — “Dinamo” uchrashuvining 84-daqiqasida “Dinamo” jamoasi futbolchisi Edem Nemanov o‘yin vaqtini cho‘zgani uchun ogohlantirildi.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Edem Nemanovga jarima intizomiy chorasi qo‘llanildi.

“Bunyodkor” — “Nasaf”

O‘zbekiston Superligasi 24-turidan o‘rin olgan “Bunyodkor” — “Nasaf” uchrashuvining 90+4-daqiqasida “Bunyodkor” jamoasi futbolchisi Amir To‘raqulov hakam qaroriga e'tiroz bildirgani uchun ogohlantirildi.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Amir To‘raqulovga jarima intizomiy chorasi qo‘llanildi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting