locale OZ

\"Dinamo\" Samarqandda \"Lochin\" ustidan g'alaba qozondi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"Dinamo" Samarqandda "Lochin" ustidan g'alaba qozondi
PHOTO: Telegram

Shu kunlarda futbol bo'yicha O'zbekiston kubogining 1 tur uchrashuvlari bo'lib o'tmoqda. Hozirgina “b” gruhidan o'rin o'rin olgan “Dinamo” hamda “Lochin” jamoalari o'rtasidagi bahs yakunlandi. Unda Vadim Abramov shogirtlari 3:1 hisobida g'alaba qozondi.

Uchrashuvning 42 hamda 44 daqiqalarida Sanjar Qodirqulov dubl qayd etib, “Dinamo”ni ishonchli hisobda oldinga olib chiqdi. 57 daqiqada “Lochin” futbolchisi Olimjon Karimov hakam tomonidan ikkinchi sariq kartochka bilan jazolanib, maydondan chetlatildi. 73 daqiqada Suhrobbek Toshkentboyev gol urdi va bahsdagi hisobni qisqartirdi. Shundan so'ng, yana hujumga e'tibor qaratgan mehmonlar 77 daqiqada penalti tepish imkoniyatiga ega bo'lishdi, ammo 11 metrli nuqtaga yaqinlashgan Asliddin Tursunpo’latov undan unumli foydalana olmadi. To'qnashuvning asosiy vaqtiga 4 daqiqa qolganida mezbonlar futbolchisi Mirjahon Mirahmadov ham o'z hisobiga gol yozdirib qo'yib, “Dinamo”ni ishonchli g'alabasi bilan ta'minladi.

O'zbekiston kubogining 1 tur bahslari davom etadi

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting