«Dinamo» Qirg‘izistondagi yig‘inni yakunladi
«Dinamo» jamoasi Qirg‘izistonda o‘tgan 11 kunlik o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini yakunlab Samarqandga qaytdi.
Futbol
Ibrohim Jalolov
Redaktor
photo: Dinamo fk
«Dinamo» Qirg‘izistondagi yig‘inni yakunladi
«Dinamo» jamoasi Qirg‘izistonda o‘tgan 11 kunlik o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini yakunlab Samarqandga qaytdi.
Vadim Abramov murabbiyligidagi jamoamiz Issiqko‘ldagi yig‘in yakunida nazorat bahsida maydonga tushdi. Vakillarimiz Qirg‘iziston Birinchi ligasi ishtirokchisi «Namis» klubiga qarshi saf tortib, nazorat o‘yinida yirik hisobda ustun keldi – 11:0.
Nazorat o‘yini. Issiqko‘l.
«Namis» - «Dinamo» – 0:11
Gollar: Hojimirzayev 4, 12, 34, 72, Abdurahmonov 17, 29, Obloqulov 41, O‘rmonjonov 56, Xalilov 63, 85, Jeparov 77.
Jamoa 13 iyuldan Samarqandda so‘nggi tayyorgarlikka kirishadi. Eslatib o‘tamiz, «Dinamo» 18 iyul shanba kuni Superliga 12-turi doirasida Navoiyda «Qizilqum» mehmoni bo‘ladi.