locale OZ

«Dinamo», «Navbahor» va «Andijon»dagi holatlar Tartib-intizom qo‘mitasiga oshirildi – PFL

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Dinamo», «Navbahor» va «Andijon»dagi holatlar Tartib-intizom qo‘mitasiga oshirildi – PFL
Photo: Navbakhor PFK

1-8-avgust kunlari Superliganing 16-17 turlari o‘tkazildi.

“Dinamo” 2:2 “Navbahor”

“Dinamo” futbolchilari ogohlantirishlarga qaramay, mikst-zona orqali harakatlanmasdan, stadionni boshqa yo‘ldan tark etgan. Bu orqali "Superliga va Proliga reglamenti"ning 18.7 bandiga amal qilinmagan. “Dinamo” klubining ishi Tartib-intizom qo‘mitasiga oshirildi.

“Navbahor” 1:1 “So‘g‘diyona”

Markaziy stadion xodimi uchrashuv davomida zaxira o‘rindig‘i yonida turib olgan. Liga komissarining ogohlantirishlariga qaramay, bu xodim texnik hududni tark etmagan. Ushbu harakat orqali "Superliga va Proliga reglamenti"ning 16.20 bandi buzilgan. “Navbahor” klubining ishi Tartib-intizom qo‘mitasiga oshirildi.

“Andijon” 3:0 “Qo‘qon-1912”

“Qo‘qon-1912” jamoasi “Bobur” arenaga kirishda muammoga duch keldi. Stadionning asosiy darvozasi yopiq bo‘lgani sababli “Qo‘qon-1912” jamoasi arenaga boshqa darvozadan kirishga majbur bo‘lgan. Mehmon jamoa kiyinish xonasigacha bo‘lgan ma’lum masofani piyoda bosib o‘tishiga to‘g‘ri kelgan. Mezbon jamoa stadionga kelganda esa yopiq darvoza ochib berilgan. "Andijon" klubining ushbu harakatlari "Superliga va Proliga reglamenti"ning 15.5 bandiga zid. “Andijon” klubining ishi Tartib-intizom qo‘mitasiga oshirildi.

Bahrom Bobonov
Bahrom Bobonov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting