locale OZ

«Dinamo» Jizzaxdagi o‘yindan keyin hakamlik bo‘yicha shikoyat kiritdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Dinamo» Jizzaxdagi o‘yindan keyin hakamlik bo‘yicha shikoyat kiritdi
Фото: Динамо ПФК

Superliga 20-turi doirasidagi “So‘g‘diyona” - “Dinamo” (1:1) uchrashuvidan so‘ng “Dinamo” PFK o‘yindagi hakamlik bo‘yicha uchrashuv rasmiy qaydnomasi orqali shikoyatini bildirdi.

“Klub o‘yindagi bir qator vaziyatlar bo‘yicha o‘z e’tirozini yo‘llaydi”, - deyiladi klub xabarida.

Ma’lumot uchun, bosh hakam Ilgiz Tantashev uchrashuvning 90+6-daqiqasida VAR aralashuvidan so‘ng samarqandliklar darvozasi tomon penalti belgiladi. Bu paytda “Dinamo” 1:0 hisobida oldinda ketayotgan edi. Belgilangan 11 metrlik jarima to‘pini Lyupcho Doriev aniq amalga oshirib, hisobni tenglashtirdi.

Bahrom Bobonov
Bahrom Bobonov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting