locale OZ

«Dinamo» jamoasi safidagi o‘yinlari orqali muxlis va mutaxassislar e’tiboriga tushgan Ratinio ikki yillik faoliyatidan keyin jamoa bilan xayrlashdi

2024 yil boshida Braziliya quyi ligasidan jamoamizga kelib qo‘shilgan Fransisko Ferreyra ajoyib o‘yinlari bilan samarqandlik muxlislar mehrini qozona oldi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Dinamo» jamoasi safidagi o‘yinlari orqali muxlis va mutaxassislar e’tiboriga tushgan Ratinio ikki yillik faoliyatidan keyin jamoa bilan xayrlashdi
photo: Dinamo fk

«Dinamo» jamoasi safidagi o‘yinlari orqali muxlis va mutaxassislar e’tiboriga tushgan Ratinio ikki yillik faoliyatidan keyin jamoamiz bilan xayrlashdi.

2024 yil boshida Braziliya quyi ligasidan jamoamizga kelib qo‘shilgan Fransisko Ferreyra ajoyib o‘yinlari bilan samarqandlik muxlislar mehrini qozona oldi. Vadim Abramov boshqaruvida «Dinamo» yetakchilaridan biriga aylangan braziliyalik yarimhimoyachi 2024 va 2025 yil yakunlariga ko‘ra, ketma-ket ikki yil PFL tomonidan Superliga ramziy jamoasiga kiritildi. Jamoamizda liganing eng yaxshi legionerlaridan biriga aylangan Ratinio bilan amaldagi kelishuv nihoyasiga yetgach, u o‘z faoliyatini boshqa klubda davom ettirishga qaror qildi.

«Dinamo» PFK Ratinioning keyingi faoliyatiga omad va zafarlar tilab qoladi. Ishonamizki, Samarqand – uning ikkinchi uyi bo‘lib qoladi va «Dinamo» eshiklari uning uchun doim ochiq.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting