«Dinamo» jamoasi iyul oyida Superligada uchta o‘yin o‘tkazadi
«Dinamo» jamoasining iyul oyi taqvimi bilan tanishing
FIFA kunlarida o‘tayotgan JCH-2026 bahslari tobora o‘z yakuniga yaqinlashayotgan paytda o‘zbek futboli ishqibozlari intiqlik bilan kutayotgan Superliga yana davom etish arafasida turibdi.
«Dinamo» jamoasi iyul oyida Superligada uchta o‘yin o‘tkazadi. 18 iyul kuni «Dinamo» Navoiyda «Qizilqum» mehmoni bo‘lsa, 23 iyul kungi «Surxon»ga qarshi bahs Termizdagi stadion holati talabga javob bermasligi sababli Samarqandga ko‘chirilgan. 29 iyul kuni esa «Dinamo» ko‘hna shahrimizdagi navbatdagi bahsda «Qo‘qon-1912» jamoasini qabul qiladi.
«Dinamo»ning iyul oyi taqvimi:
12-tur / 18 iyul / Qizilqum – Dinamo / Navoiy
13-tur / 23 iyul / Surxon – Dinamo / Samarqand
14-tur / 29 iyul / Dinamo – Qo‘qon-1912 / Samarqand.