«Dinamo» jamoasi 25 sentabrdan Toshkentda yig‘iladi
FIFA kunlari sababli Superligada yuzaga kelgan tanaffusda «Dinamo» jamoasi a’zolari «Navbahor»ga qarshi o‘yindan keyin bir haftalik ta’tilga chiqqandi.
Jamoa 25 sentabrdan Toshkentda yig‘in boshlaydi. Bir haftalik tayyorgarlik jarayoni doirasida nazorat uchrashuvi o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Jarohat olgan futbolchilar ham jamoa safiga qaytishi kutilmoqda.
«Dinamo» tarkibidan Firdavs Abdurahmonov va Oybek O‘rmonjonov O‘zbekiston U23 jamoasiga chaqirilgan bo‘lsa, Azizbek Amonov va Edem Nemanov O‘zbekiston milliy jamoasiga, moldovalik himoyachi Mixail Shtefan Moldova milliy terma jamoasi safiga borib qo‘shilgan. Bu o‘yinchilar FIFA kunlari yakuniga yetgach, 6 oktabrdan keyin safga qaytadi.
«Dinamo» Superliga doirasidagi navbatdagi uchrashuvda 9 oktabr kuni Qarshida «Nasaf» mehmoni bo‘ladi.