“Dinamo” himoyachisi sobiq jamoasiga qaytdi
Photo: Dinamo PFK
Birinchi davrani “Dinamo”da o‘tkazgan Manuchehr Safarov sobiq jamoasiga qaytdi.
Samarqandliklar safida Superligada 1ta o‘yinda maydonga tushgan 24 yoshli tojikistonlik himoyachi “Istiqlol”ga qaytdi.
Vadim Abramov boshqaruvidagi samarqandliklar tarkibida u zaxirada qolib ketdi. Natijada futbolchi klub bilan o‘zaro kelishuv asosida jamoasini almashtirdi.
Avvalroq Safarov “Xorazm”ga borishi mumkinligi xabar qilingandi.
Himoyachi bunga qadar “Lokomotiv” va “Neftchi” jamoalarida ham to‘p surgan. Sobiq jamoasiga qaytgan futbolchi yana 55-raqam ostida o‘ynaydigan bo‘ldi.
Bahrom Bobonov
Redaktor