locale OZ

«Dinamo» FIFA kunlarida ikkita o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi

Har ikkala uchrashuv soat 17:00da boshlanadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Dinamo» FIFA kunlarida ikkita o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi
Фото: Динамо ПФК

FIFA kunlarida milliy jamoalar o‘yinlari sababli Superligada ikki haftalik tanaffus yuzaga kelgan.

“Dinamo” jamoasining 4 nafar a’zosi O‘zbekiston milliy jamoasi va yoshlar jamoasiga chaqirilgan bo‘lsa-da, klubimiz a’zolari Superliganing qolgan o‘yinlariga Charhindagi “Dinamo” futbol maktabida tayyorgarlikni davom ettirmoqda.

Vadim Abramov murabbiyligidagi jamoamiz tayyorgarlik doirasida 11-oktabr, shanba kuni Jizzaxda “So‘g‘diyona” jamoasiga qarshi, 13-oktabrda esa Samarqandda “Mash’al” klubi bilan o‘rtoqlik o‘yinini o‘tkazadi. Uchrashuvlar soat 17:00da boshlanadi.

O‘rtoqlik o‘yinlari.
11-oktabr (shanba)
“So‘g‘diyona” - “Dinamo”
Jizzax, “So‘g‘diyona” stadioni, 17:00.

13-oktabr (dushanba)
“Dinamo” - “Mash’al”
Samarqand, “Dinamo” stadioni, 17:00.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting