\"Dinamo\" Belarusdagi dastlabki nazorat uchrashuvida maydonga tushdi
Photo: Dinamo PFK
"Dinamo" jamoasi Belarusdagi dastlabki nazorat o‘yinini o‘tkazdi.
Belarus chempionatida 2-o‘rinda borayotgan "Slaviya"ga qarshi uchrashuvda jamoamiz bosh murabbiyi aralash tarkib va yangi o‘yinchilarni sinovdan o‘tkazdi. Uchrashuvda mezbonlar 3:1 hisobida zafar quchdi. Jamoamizning yagona goliga Sanjar Qodirqulov mualliflik qilgan bo‘lsa, Hislat Xalilovning penaltidan yo‘llagan zarbasi golga aylanmadi.
Samarqandliklar navbatdagi nazorat bahsini 23 iyul kuni "Molodechno" klubiga qarshi o‘tkazadi.
Nazorat uchrashuvi. 20 iyul. Minsk
"Slaviya" - "Dinamo" 3:1
Gollar: Ivanov 2, Solovey 12, Lixtin 65 – Sanjar Qodirqulov 17
Foydalanilmagan penalti: Hislat Xalilov 78.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist