Dibala «Roma»da qoladi
"Roma" futbolchisi Paulo Dibala jamoasini o‘zgartirmoqchi emas. Bu haqda Football Italia xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, argentinalik 31 yoshli o‘yinchi "bo‘rilar"da qolib, sovrin yutishni maqsad qilgan.
Futbolchi bir oylik tanaffusdan so‘ng jamoa safiga qaytadi. U kelayotgan dam olish kuni "Inter"ga qarshi bahsda asosiy tarkibda maydonga tushishi kutilmoqda.
O‘z navbatida Gasperini ham Dibalani asosiy futbolchi sifatida ko‘rmoqda. Murabbiyning yangi uslubiga ko‘ra, Dibala Sule va Dovbik (yoki Fergyuson) bilan hujum uchligini tashkil qilishi kutilmoqda.
Qayd etish lozim, "Roma" rahbariyati 31 yoshli futbolchi faoliyatini oxirigacha Rimda o‘tkazishini xohlamoqda. Dibala 2022 yilda rimliklar safiga qo‘shilgan va jamoa uchun 116 ta o‘yinda maydonga tushib, 42 ta gol urgani qayd etilgan.