locale OZ

Devid Bekxem futbol tarixidagi eng yaxshi himoyachi nomini aytdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Devid Bekxem futbol tarixidagi eng yaxshi himoyachi nomini aytdi
FOTO: Getty Images

“Inter Mayami” klubi xo'jayini Devid Bekxem futbol tarixidagi eng yaxshi himoyachi kim ekanligini aytdi.

“Men “Milan”ga kelganimda Pirlo, Nesta va Maldini u yerda o'ynardi. Paulo aql bovar qilmaydigan, eng yaxshi yetakchi, eng yaxshi sardor va men ko'rgan eng yaxshi himoyachi edi. 41 yoshida ham hech kim uningdek maydonni aniq o'qiy olmagan”, - deydi Bekxem.

Ma'lumot uchun, Maldini 2018-yilning avgustida “Milan”ning rivojlanish bo'yicha direktori etib tayinlangan, bir yildan so'ng esa texnik direktor lavozimiga ko'tarilgan.

Italiyalik sobiq futbolchi 2022-yilda Golden Boy mukofotida Yevropaning eng yaxshi menejeri nominatsiyasida g'olib chiqdi. 2023-yilning iyunida esa Maldini “Milan”ning texnik direktori lavozimini tark etdi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting