locale OZ

Del Pyero: «Muammo murabbiyda emas»

«Yuventus» afsonasi klubning muvaffaqiyatsizliklari haqida gapirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Del Pyero: «Muammo murabbiyda emas»
FOTO: Getty Images
Italiya A seriyasi
26.10.2025, Yak.
Lasio
1
Yuventus
0

Turinning «Yuventus» klubi sobiq futbolchisi Alessandro Del Pyero A Seriya doirasidagi «Latsio»ga (1:0) qarshi oʻyindan soʻng jamoaning hozirgi holati haqida fikr bildirdi.

«Menimcha, «tartibsizlik» soʻzi jamoada boʻlayotgan voqealarni toʻliq ifodalab bera olmaydi. Muammo murabbiyda emas — bu ancha chuqurroq masala. Bu mavsumda jamoaga bir butun boʻlish juda ogʻir boʻldi.

Jamoa oʻyinda yomon koʻrinmadi va magʻlubiyatga loyiq emas edi. Durang natija adolatliroq boʻlardi. Ular «Real»ga qarshi ham yomon oʻynamadi, muammolar «Komo» bilan oʻyinda sezildi. Har holda, boshqa murabbiy boʻlganida ham bu jamoa skudettoni qoʻlga kirita olmagan boʻlardi», — dedi Del Pyero.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq «Yuventus» jamoa bosh murabbiyi Igor Tudorni isteʼfoga chiqargandi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting