locale OZ

Džeko \"Fiorentina\"ga o'tmoqda

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Džeko "Fiorentina"ga o'tmoqda
Photo: Getty Images

Bosniyalik hujumchi Edin Džeko faoliyatini “Fiorentina”da davom ettiradi. Bu haqda jurnalist Gianluca Di Marzio xabar berdi.

Unga ko'ra, 39 yoshli hujumchi “Fenerbahçe” klubidan “Fiorentina”ga erkin agent sifatida kelib qo'shiladi. Klub bilan bir yillik shartnoma imzolaydi. Futbolchining yangi klubdagi maoshi yiliga 1,5 million yevroni tashkil etadi.

O'tgan mavsumda Džeko Turkiya klubi safida barcha turnirlarda 53 ta o'yinda maydonga tushib, 21 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Džeko A Seriyada “Inter” va “Roma” jamoalarida ham to'p surgan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting