Džeko: «Bunday go'zal shaharda va nufuzli klubda o'ynash men uchun sharaf»
Photo: Getty Images
“Fiorentina” hujumchisi Edin Džeko yangi jamoasiga o'tishi borasida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Bosniyalik 39 yoshli futbolchi bir necha kun oldin “binafsha ranglilar” bilan bitim imzolagandi.
"Birinchi soatlar juda yoqimli va o'ziga xos bo'ldi, chunki men yangi jamoadoshlarim va klub xodimlari bilan tanishdim. A Seriyaga qaytganimdan xursandman. Bunday go'zal shaharda va nufuzli klubda o'ynash men uchun sharaf," - deya hujumchining so'zlarini keltiradi Sky Sport Italia.
O'tgan mavsumni Edin Džeko Istanbulning "Fenerbahçe" klubida o'ynagan. Hujumchi "kanareykalar"ning 53 ta o'yinida qatnashib, 21 ta gol va sakkizta assistni o'z hisobiga yozdirib qo'ygan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist