De Xea Ronalduning “An-Nassr” bilan shartnomasini uzaytirganiga kinoyali munosabat bildirdi
FOTO: Getty Images
“Fiorentina” klubi darvozaboni David de Xea Krishtianu Ronalduning “An-Nassr” bilan shartnoma imzolashi haqidagi postiga hazilomuz izoh yozdi.
Ronaldu shunday yozgan edi: “Yangi bob boshlandi. Xuddi shu ishtiyoq, bir orzu. Keling, birga tarix yaratamiz”.
“Va tekinga o'ynang😂👀”, - deb yozgan De Xea.
Eslatib o'tamiz, avvalroq OAV'da Ronaldu yangi shartnomasiga binoan 575 million yevro atrofida maosh olishi haqida xabarlar tarqalgandi.
Ta'kidlanishicha, 40 yoshli futbolchi “An-Nassr” taklif qilayotgan boshqa bonuslar hisobiga ham o'z daromadini oshirish imkoniyatiga ega bo'ladi va buning natijasida ikki yil o'ynab, 500 million funt sterlingdan ko'p ishlab olishi mumkin bo'ladi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist