locale OZ

De Laurentiis Italiya futbolidagi zarur islohotlar haqida gapirdi

U A Seriyadagi jamoalar sonini kamaytirishni taklif qildi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
De Laurentiis Italiya futbolidagi zarur islohotlar haqida gapirdi
ФОТО: Getty images

"Napoli" prezidenti Aurelio De Laurentiis Italiya futbolida islohotlar o'tkazish zarurligi haqida gapirdi.

"Bu yerda bitta islohot bilan ish bitmaydi. Kuchlarni birlashtirib, kelajakda tayanish mumkin bo'lgan butun tizimni qaytadan qurish kerak. Italiya futbolining tomoshabopligini oshirish uchun yangi stadionlar zarur. Hozirgi arenalar eskirgan. Barcha byurokratik jarayonlarni qisqartirish va yangi inshootlar yaratilishiga to'sqinlik qilishni bas qilish lozim.

Bizning davrimizda juda ko'p o'yinlar o'tkazilmoqda. Agar A Seriyani 16 ta jamoagacha qisqartirilsa, o'yinlar soni 380 tadan 240 tagacha kamayadi. Bu terma jamoani sifatliroq tayyorlashga imkon beradi", — deya De Laurentiisning so'zlaridan iqtibos keltiradi La Gazzetta dello Sport.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting