De Bruyne \"Napoli\"ga o'tmoqda
U tez orada Neapolga yetib keladi
Photo: Getty Images
“Manchester City”ning sobiq futbolchisi Kevin De Bruyne faoliyatini “Napoli”da davom ettiradi.
Futbolchining vakillari allaqachon Neapolga yetib kelgan va shartnomaning bandlari bilan tanishib chiqmoqda. Belgiyalik yarim himoyachi ham tez orada Italiyaga yetib keladi va rasmiy ravishda shartnoma imzolaydi.
Xabarlarga ko'ra, De Bruyne “Napoli” bilan 3 yillik bitim imzolaydi. Klub safida yiliga 9 mln yevro atrofida maosh oladi.
Yakunlangan mavsumda De Bruyne “Manchester City” safida barcha musobaqalarda 38 ta o'yinda qatnashib, 6 ta gol urdi va 8 ta assistni ham o'z hisobiga yozdirib qo'ydi. Transfermarkt portalida keltirilgan ma'lumotlarga ko'ra, 33 yoshli belgiyalikning qiymati 27 million yevroni tashkil etadi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist