De Bruyne kelasi hafta boshida “Napoli” bilan shartnoma imzolaydi
FOTO: Getty Images
Joriy mavsum oxirida “Manchester Siti”ni tark etadigan belgiyalik yarim himoyachi Kevin De Bruyne faoliyatini “Napoli”da davom ettirishga rozi bo'ldi. Bu haqda insayder Fabritsio Romano xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, “Napoli” kelasi hafta boshida, 33 yoshli futbolchining “shaharliklar” safidagi so'nggi o'yinidan so'ng darhol shartnoma imzolamoqchi.
Qayd etilishicha, tomonlar o'rtasida 3 yillik shartnoma borasida kelishib olgan, unda 3 yil davomida 27 million yevro maosh, imzo qo'yish uchun bonuslar ham nazarda tutilgan.
Ma'lumot uchun, De Bruyne joriy mavsum “Manchester Siti” safida jami 38 ta o'yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 27 million yevroga baholanmoqda.
Nasrullo Karimov
Jurnalist