locale OZ

De Bruyne: «Allegri hozircha mendan juda ko‘p narsa talab qilmayapti»

"Napoli" safarda "Jenoa"dan ustun keldi, Kevindan gol va assist.
De Bruyne: «Allegri hozircha mendan juda ko‘p narsa talab qilmayapti»
ФОТО: Getty images
Italiya A seriyasi
22.08.2026, Yak.
Jenoa
0
Napoli
2

“Napoli” yarim himoyachisi Kevin De Bruyne “Jenoa”ga qarshi bellashuvdan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi. Belgiya futbolchisi ushbu uchrashuvda gol va assist qayd etishga muvaffaq bo‘ldi.

“Eng asosiysi — g‘alaba. Jamoaga yordam berganimdan xursandman. Mavsum boshiga kelsak, hali eng maqbul jismoniy holatimizga chiqishimiz kerak. Shunga qaramay, ajoyib o‘yin o‘tkazdik.

O‘tgan yilga nisbatan nima o‘zgardi? Aslida, Allegri hozircha mendan juda ko‘p narsa talab qilmayapti, chunki yaqindagina safga qaytdim. Mening vazifam — bo‘sh hududlarni topish va kerakli yechimlarni qabul qilish», — deya De Bruyne so‘zlarini calcionapoli1926.it keltirdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting