Allegri: «Ikkinchi bo‘limda yaxshi harakat qildik»
Massimiliano Neapoldagi debyutini o‘tkazdi.
ФОТО: Getty images
Italiya A seriyasi
22.08.2026, Yak.
Jenoa
0
Napoli
2
"Napoli" bosh murabbiyi Massimiliano Allegri "Jenoa"ga qarshi bahsdan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi. Unda Neapol klubi 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.
"Dastlabki 25 daqiqada qiyinchiliklarga duch keldik. "Jenoa"ning bosimi ostida to‘p bilan muomala qilishda bir nechta texnik xatoga yo‘l qo‘ydik.
Keyin o‘yin sur'atini oshirdik va jarima maydoniga uzatilgan uchta to‘pdan yaxshiroq foydalanishimiz mumkin edi. Ikkinchi bo‘limda yaxshi harakat qildik va 83-daqiqada gol urdik. Ammo hisobni ancha oldinroq ochish imkoniyatiga ega edik", — deya Allegrining so‘zlarini calcionapoli1926.it keltirdi.
Eslatib o‘tamiz, "Napoli" o‘tgan mavsumni Italiya chempionatida ikkinchi o‘rinda yakunlagan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist