locale OZ

Damir Temirov: «Menimcha, amaldagi chempionga qarshi safardagi durang yomon natija emas»

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Damir Temirov: «Menimcha, amaldagi chempionga qarshi safardagi durang yomon natija emas»
Photo: Andijan PFK

O‘tgan turda “Qo‘qon-1912” darvozasiga ikkita gol urgandim, bu safar esa mehmonlikda “Nasaf” darvozasini ham ishg‘ol qildim.

“Burgutlar”ning o‘yini kuchayib borayotgan sari Temirov ham o‘z o‘yinini kuchaytirib, muxlislarni xursand qilmoqda.

“Nasaf”ga qarshi bahsdan so‘ng futbolchi bir qator savollarga javob qaytardi.

- Damir, "Andijon" safarda "Nasaf"ga qarshi o‘yinda durang natija qayd etdi. Mazkur uchrashuv qanday taassurot qoldirdi?

- Avvalo, muxlislarimizga katta rahmat aytaman. Shuncha yo‘l bosib kelib, bizni butun uchrashuv davomida qo‘llab-quvvatlashdi. Juda zo‘r o‘yin bo‘ldi. G‘alaba qozonib ketishimiz ham yoki yutqazib qo‘yishimiz ham mumkin edi.

- Umuman, natijadan qoniqish hosil qildingizmi?

- 50x50 qoniqdim. Menimcha, amaldagi chempionga qarshi safardagi durang yomon natija emas.

- Keyingi turda vodiy derbisi Andijonda bo‘ladi. Bo‘lajak o‘yin oldidan nima deya olasiz?

- Muxlislarimizga iltimosim bor: “Bobur arena”ga kelib, stadiondagi muhitni har doimgidek “yondiringlar”, o‘yin ham “yonadi”!

- Ikkinchi davrani jamoa yaxshi boshladi. E’tiborli tomoni, siz ikkita o‘yinda 3 ta gol urdingiz. Buni kutganmidingiz?

- Har doim niyatni katta qilib, Yaratuvchiga tavakkal qilaman.

- Ikkinchi davrada jamoa ancha o‘zgargani bilinib turibdi. Sizda ham yangicha ishtiyoq paydo bo‘lgan, shunday emasmi?

- Xudoga shukr, hammasi yaxshi ketmoqda. Xudo xohlasa, shu ruhda davom ettiramiz va maqsadlarimizga erishamiz.

Bahrom Bobonov
Bahrom Bobonov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting