locale OZ

Chiro Immobile A Seriyaga qaytishi mumkin

Futbol
Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Chiro Immobile A Seriyaga qaytishi mumkin
FOTO: Transfermarkt.com

Istanbulning “Beshiktosh” klubi markaziy hujumchisi Chiro Immobile Turkiya Superligasini tark etib, A Seriyaga qaytishi mumkin. Bu haqda insayder Nikolo Skira xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, tajribali futbolchiga Italiyaning bir qator klublari qiziqish bildirmoqda. Joriy mavsum yakunida muzokaralar yakunlanishi mumkin.

Ma'lumot uchun, Immobilening “Beshiktosh” bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2026-yilga qadar mo'ljallangan. Uning Transfermarkt'dagi narxi 2,8 million yevroga baholanmoqda.

Chiro joriy mavsum Turkiya chempionatida 25 ta o'yinda maydonga tushib, 11 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Sport — bir bosishda!
Jamiyatlarimizga obuna bo‘ling va sport voqealaridan xabardor bo‘ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting