locale OZ

Chempionlik yo‘lida ulkan hissasini qo‘shgan tajribali yarim himoyachi Ikrom Aliboyev Neftchi bilan ikki yillik bitimga imzo chekdi

Futbolchi ushbu mavsumda jamoamiz tarkibida 28 uchrashuvda maydonga tushib, jami 2253 daqiqa harakat qilgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Chempionlik yo‘lida ulkan hissasini qo‘shgan tajribali yarim himoyachi Ikrom Aliboyev Neftchi bilan ikki yillik bitimga imzo chekdi
photo: Neftchi FK

Chempionlik yo‘lida ulkan hissasini qo‘shgan tajribali yarim himoyachi Ikrom Aliboyev Neftchi bilan ikki yillik bitimga imzo chekdi.

"Ikrom Aliboyev jamoamizning yarim himoya chizig‘ida ishonchli o‘yini bilan muxlislar mehrini qozonadi. U ushbu mavsumda jamoamiz tarkibida 28 uchrashuvda maydonga tushib, jami 2253 daqiqa harakat qilgan. O‘zining barqaror o‘yini bilan u O‘zPFL tomonidan yil ramziy terma jamoasiga kiritilgan.

Ishonamizki, Ikrom Aliboyev yangi mavsumlarda ham jamoamizga muhim hissa qo‘shadi va oldimizga qo‘yilgan yuksak maqsadlarga erishishda yetakchi rol o‘ynaydi.

Futbolchiga klubimiz safida omad, mustahkam sog‘liq va yorqin g‘alabalar tilaymiz",-deb yoziladi klub rasmiy sahifasida.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting