locale OZ

Bugun Superligada turning markaziy oʻyini boʻlib oʻtadi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Bugun Superligada turning markaziy oʻyini boʻlib oʻtadi
FOTO: UZPFL
O‘zbekiston Superligasi
21.06.2025, Yak.
Navbahor Namangan
3
ОКМК
0

Musobaqa jadvalida 5-oʻrinni egallab turgan “Navbahor” bu turda Mirjalol Qosimov boshchiligidagi OKMK'ni qabul qiladi.

Jamoalarning soʻnggi turlardagi natijalari turlicha. “Navbahor” oxirgi 5 ta uchrashuvning 4 tasida gʻalaba qozongan boʻlsa, OKMK 3 ta bellashuvdan beri gʻalaba nimaligini bilmay kelmoqda.

Boʻlajak bahsda qoʻlga kiritilajak gʻalaba, “Navbahor” jamoasiga ochkolari sonini Neftchi klubi bilan tenglashtirib olish imkonini beradi. OKMK esa bugungi muvaffaqiyat evaziga jadvalda 2-oʻringa koʻtarilib olish imkoniyatiga ega.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting