locale OZ

“Barselona” Lionel Messini tabrikladi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Barselona” Lionel Messini tabrikladi
FOTO: Getty Images

Kataloniyaning “Barselona” klubi argentinalik hujumchi Lionel Messini 38 yoshga to'lgani bilan tabrikladi.

“Tug'ilgan kuning bilan, Leo”, - deyiladi klub xabarida.

Eslatib o'tamiz, Messi 2002-yildan 2021-yilgacha “Barselona” tizimida harakat qilgan. 2003-yilning noyabr oyida esa klubning kattalar jamoasida debyut qilgan.

Umuman olganda, Messi ispan grandi tarkibida jami 778 ta o'yinda maydonga tushib, 672 ta gol urgan va 303 ta golli uzatmani amalga oshirdi. “Barselona” futbolchisi sifatida Leo 7 marta “Oltin to'p”ni qo'lga kiritgan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting