locale OZ

Azamat Abduraimov: “Bugungi kunda Eldor Shomurodov termamizning haqiqiy yetakchisi!”

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Azamat Abduraimov: “Bugungi kunda Eldor Shomurodov termamizning haqiqiy yetakchisi!”
FOTO: UZPFL
JCH. Saralash. Osiyo
05.06.2025, Yak.
BAA
0
O‘zbekiston
0

O'zbekiston milliy terma jamoasi sobiq hujumchisi, 1994-yilgi Osiyo o'yinlari g'olibi Azamat Abduraimov Sports24.uz saytiga eksklyuziv intervyu berdi.

Suhbat chog'ida faxriy futbolchimiz ayni paytda terma jamoamiz tarkibidagi eng kuchli futbolchi kimligini ham aytib o'tdi.

“Eng kuchli o'yinchi kim? Menimcha, bu unchalik to'g'ri savol emas... Har qanday terma jamoada va har bir chiziqda yetakchilar bo'lishi kerak. Bu muhim jihat.

Birinchi navbatda, jamoa sardori haqida gapirish mumkin: bugungi kunda Eldor Shomurodov termamizning haqiqiy yetakchisi! Sport formasi bo'yicha ham, A Seriyadagi so'nggi o'yinlari bo'yicha
ham.

Husniddin Aliqulov Turkiya chempionatida juda yaxshi harakat qilmoqda, Odil Hamrobekov va Otabek Shukurovlar ham barqaror o'yin ko'rsatmoqda”, - deydi Abduraimov.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston milliy terma jamoasi 5-iyun kuni Jahon chempionati saralash bosqichi doirasida BAA'ga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 21:00 da start oladi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting