locale OZ

Mundial yo'llanmasini qo'lga kiritgan futbolchilarimiz qanday taqdirlanishi ma'lum bo'ldi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Mundial yo'llanmasini qo'lga kiritgan futbolchilarimiz qanday taqdirlanishi ma'lum bo'ldi
FOTO: UzbekistanFA
JCH. Saralash. Osiyo
05.06.2025, Yak.
BAA
0
O‘zbekiston
0

O'zbekiston milliy terma jamoasi kecha Jahon chempionati saralash bosqichi doirasida BAA'ga qarshi bahs olib bordi va yakunda 0:0 hisobida durangga imzo chekdi.

Shu tariqa, vakillarimiz “A” guruhida 18 ochko jamg'arib, ikkinchi o'rinni naqd qildi va muddatidan avval Jahon chempionatiga yo'llanma oldi.

Ushbu tarixiy voqea sababchilari bo'lmish terma jamoamiz a'zolari bugun Toshkent vaqti bilan soat 16:00 da yurtimizga qaytib kelishadi.

Xabarlarga ko'ra, terma jamoamizning har bir a'zosiga “BYD Champion” rusumidagi avtomobil sovg'a qilinadi. Shuningdek, futbolchilarimiz “O'zbekiston iftixori” faxriy unvoni bilan taqdirlanadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting