O'tkir Yusupov: \"Alhamdulillah\"
Photo: gettyimages
JCH. Saralash. Osiyo
05.06.2025, Yak.
BAA
0
O‘zbekiston
0
O'yindan keyin, uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi, deb topilgan O'zbekiston terma jamoasi darvozaboni O'tkir Yusupov quyidagi fikrlarni bildirib o'tdi:
“Uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi sovrini o'z yo'liga. Hozir butun xalqimiz xursand! Duolari bilan shu joygacha keldik. Biz nihoyat Jahon chempionatiga chiqdik. Bu tarix! Til bilan tasvirlab berish juda qiyin. Biz uchun armon bo'lib qolgan edi. Alhamdulillah, Jahon chempionatiga chiqdik! Xalqimizning duosi bilan, ota-onalarimizning duosi bilan bunga erishdik. Ichimdagi hissiyotni tasvirlab bera olmayman”,-deydi futbolchi
Ibrohim Jalolov
Redaktor