\"Atlanta\" va \"Venesiya\"ga ketkazib yuborilmoqchi bo'lgan \"Shoma\" \"Roma\" bilan yangi shartnoma imzoladi
O'zbekiston milliy terma jamoasi sardori va Italiyaning “Roma” klubi hujumchisi Eldor Shomurodov Rim klubi bilan yangi shartnoma imzoladi, bu haqida Italiyaning Calciomercato nashri xabar berdi. Jumladan ushbu nashrda shunday yoziladi:

“Eldor Shomurodov jamoasi bilan 2027 yil yoziga qadar amal qiladigan yangi shartnoma imzoladi. Og'zaki kelishuv noyabr oyidayoq amalga oshirilgan edi, lekin uning qanchalik haqiqatga to'g'ri kelishi mavhumligicha qolyapgan edi. ”Jenoa" sobiq futbolchisi maoshini kamaytirib, ajoyib o'yinlari bilan Kladiyo Ranyerini ishontira oldi, ayniqsa zahiradan.

Eldor yakshanba kuni bo'lib o'tadigan “Yuventus”ga qarshi bahsda Dovbik bilan birga asosiy tarkibda maydonga tushishni umid qilyapti. Bosh murabbiy ham bu farazni inkor qilmadi.

2021 yilning yozida “Jenoa”dan 18 million yevroga transfer bo'lgan Shomurodov, na “Romada” na ijara asosida “Spetsiya” va “Kalyari”da o'zini ko'rsata oldi. Yozda “Atlanta”ga ko'chib o'tishi ba'zi bir xatoliklar tufayli to'xtab qolgan bo'lsa, yanvarda “Venesiya”ga o'tishi uchun hamma narsa qilingan edi, ammo "Ayntraxt"dagi gol hammasini o'zgartirdi. Eldor asta sekin pik formaga chiqib bormoqda.

O'zbekiston milliy terma jamoamiz safida eng ko'p gol urgan futbolchimizga klubdagi va terma jamoadagi faoliyatiga omad tilaymiz.