“Atalanta” Jan Pyero Gasperini borasida bir qarorga keldi
FOTO: Getty Images
“Atalanta” jamoa bosh murabbiyi Jan Pyero Gasperini borasida bir qarorga keldi. Bu haqda insayder Nikolo Skira xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, klub tajribali mutaxassisga yangi shartnoma taklif qilmoqchi. Tomonlar 2027-yilning yoziga qadar mo'ljallangan yangi bitim bo'yicha muzokara olib boradi.
Qayd etilishicha, Gasperinining “Atalanta” rahbariyati bilan uchrashuvi yaqin kunlarda bo'lib o'tadi. 67 yoshli italiyalik mutaxassis xizmatlariga yana bir qancha klublar qiziqish bildirmoqda.
Eslatib o'tamiz, “Atalanta” joriy mavsum A Seriyada 36-turdan so'ng 71 ochko jamg'argan holda turnir jadvalida 3-o'rinda bormoqda. Klub keyingi mavsum Chempionlar Ligasida ishtirok etadi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist