locale OZ

“Atalanta” bosh murabbiyi kim bo'lishi ma'lum bo'ldi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Atalanta” bosh murabbiyi kim bo'lishi ma'lum bo'ldi
FOTO: Getty Images

Xorvatiyalik mutaxassis Ivan Yurich “Atalanta” bosh murabbiyi Jan Pyero Gasperini o'rnini egallaydi. Bu haqda jurnalist Nikolo Skira xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, Yurich Bergamo klubi bilan bir mavsumga uzaytirish imkoniyati bilan 2027-yilgacha mo'ljallangan shartnoma imzolaydi. Uning maoshi yiliga 2 million yevroni tashkil qiladi.

Ma'lumot uchun, 49 yoshli mutaxassisning so'nggi ish joyi “Sautgempton” bo'lgan. Uning qo'l ostida jamoa barcha turnirlarda 16 ta o'yin o'tkazib, 13 bor mag'lubiyatga uchragan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting