locale OZ

Asror Aliqulov: \"Ikkinchi taym uchun yigitlarga rahmat aytaman\"

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Asror Aliqulov: "Ikkinchi taym uchun yigitlarga rahmat aytaman"
Photo: Mashal PFk

Superliga 15-turidan o‘rin olgan "Mash’al" - OKMK (0:1) uchrashuvidan so‘ng "Mash’al" bosh murabbiyi Asror Aliqulov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- Afsuski, o‘yinni yomon boshladik. Gol o‘tkazib yuborgach, keyin o‘zimizga keldik. OKMK bir necha uchrashuvdan beri g‘alaba qozona olmayotganini bilardik. Shunga qaramay, bu jamoaning o‘yini yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Ikkinchi taymda o‘yinni kuchaytirishga harakat qildik, lekin raqib himoyada bexato harakat qildi. Bosim uyushtirdik, hatto bahs oxirlarida qulay vaziyatga ega bo‘ldik. Ammo yakunda kichik hisobda imkoniyatni boy berib, mag‘lub bo‘ldik.

- "Mash’al" besh nafar himoyachi bilan o‘ynab ham standart vaziyatdan gol o‘tkazib yubordi. Balki jamoaga yaxshi himoyachi kerakdir?

- Superligada yaxshi ishtirok etish uchun har doim yaxshi o‘yinchilar kerak bo‘ladi. Bu faqat himoya chizig‘i bilan bog‘liq emas. Hamma chiziqlarga yaxshi o‘yinchilar kerak. Bu hozirgi Superliganing talabi. Biz ham bu borada futbolchilar bilan ishlayapmiz, mashg‘ulotlarda uqtirayapmiz, o‘yinchilarni uyg‘otishga harakat qilayapmiz. O‘yindan oldin ko‘rsatma berganimizda hatto raqib o‘yinchilarining nomigacha aytamiz. Kim kimi yopishi kerakligi haqida ko‘rsatma beramiz. Ammo bugun o‘zingiz ko‘rdingiz, beshta himoyachi bilan o‘ynab ham gol o‘tkazdik. Lekin ikkinchi bo‘limdagi o‘yin uchun yigitlarga rahmat aytaman.

- Bugun Humoyun Murtazoyevga raqib deyarli o‘yin bermadi. Shunday holatlarda nimadir o‘zgartirish kiritgan ma'qul emasmi?

- Zaxiramizdagi hujumchi o‘yinni kuchaytira olmasdi, chunki OKMK himoyasi baribir kuchli ekanini bilardik. Ularda mahoratli futbolchilar ko‘p. Bizga yaxshi saviyadagi yarim himoyachilar ham kerak. Bunday o‘yinlarda saviya ko‘p narsani hal qiladi", - deyiladi “Mash’al” matbuot xizmati.

Bahrom Bobonov
Bahrom Bobonov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting