Artyom Radayev – «Dinamo» futbolchisi
Futbolchi mavsum yakunigacha jamoada qoladi.
Фото: Динамо ПФК
Superligada mavsumning ikkinchi bosqichi boshlanishidan oldin "Dinamo" jamoasi seleksiya jarayonini davom ettirmoqda.
Yozgi transfer oynasida "Dinamo" klubi Artyom Radayev bilan shartnoma imzolaganini ma'lum qilamiz. Rossiyalik 21 yoshli himoyachi Samaraning "Krillya Sovetov" klubidan jamoamiz safiga kelib qo‘shildi va 2026 yilgi mavsum yakunigacha "Dinamo" sharafini himoya qiladi.
“Ishonamizki, Artyom Radayev Samarqanddagi faoliyati davomida o‘z o‘yinlari bilan jamoamizning unutilmas g‘alabalariga hissa qo‘shib, muxlislar mehrini qozonadi”, - deyiladi klub xabarida.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist