locale OZ

Arteta «Aston Villa»ni APL chempionligi uchun daʼvogarlardan biri deb atadi

Hozirda birmingemliklar turnir jadvalida 3-oʻrinda bormoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Arteta «Aston Villa»ni APL chempionligi uchun daʼvogarlardan biri deb atadi
FOTO: Getty Images
Angliya Premer-ligasi
06.12.2025, Yak.
Aston Villa
2
Arsenal
1

«Arsenal» bosh murabbiyi Mikel Arteta 15-tur doirasidagi safar uchrashuvida «Aston Villa»dan 1:2 hisobida mag‘lub bo‘lgach, bir savolga javob berdi: birmingemliklarni joriy mavsum chempionlikka da’vogar deb bo‘ladimi?

«Ha. Agar ularning qayerda turganiga, qanday futbol ko‘rsatayotganiga, kimlarni yengganiga, ayniqsa uy maydonida, nazar tashlasak — ha. Oldinda hali hamma bir-biri bilan o‘ynaydi, hozir esa ular o‘z o‘rnida, biz esa o‘z o‘rnimizdamiz», — dedi ispaniyalik mutaxassis matbuot anjumanida.

Hozirgi vaqtda «Aston Villa» Angliya chempionati turnir jadvalida 15 o‘yindan so‘ng 30 ochko bilan uchinchi o‘rinda bormoqda. Jamoa 33 ochkoli peshqadam «Arsenal»dan atigi uch ochkoga ortda qolmoqda. Ikkinchi pog‘onani esa 31 ochko jamg‘argan «Manchester Siti» egallab turibdi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting