locale OZ

«Arsenal» soʻnggi 19 ta oʻyinda ilk bor magʻlub boʻldi

«Kanonirlar» APLning 15-turida «Aston Villa»ga imkoniyatni boy berdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Arsenal» soʻnggi 19 ta oʻyinda ilk bor magʻlub boʻldi
FOTO: Getty Images
Angliya Premer-ligasi
06.12.2025, Yak.
Aston Villa
2
Arsenal
1

Angliya Premer-ligasining 15-turida Londonning «Arsenal» jamoasi «Aston Villa»ga 1:2 hisobida yutqazdi. Bu «kanonirlar» uchun joriy mavsumdagi barcha turnirlarda 19 o‘yindan keyingi birinchi mag‘lubiyat bo‘ldi.

«Kanonirlar» oxirgi marta 31 avgust kuni 3-turda «Liverpul»ga 0:1 hisobida yutqazgan edi. Shundan so‘ng, jamoa bugungacha hech bir uchrashuvda mag‘lubiyat ko‘rmadi.

Keyingi o‘yinda London klubi 10 dekabrda safarda «Bryugge» bilan Yevropa Chempionlar Ligasi guruh bosqichi 6-turida kuch sinashadi.

Hozirgi vaqtda «Arsenal» 33 ochko bilan Angliya Premer-ligasi turnir jadvalida yetakchilik qilmoqda. Mikel Artetaning jamoasi Chempionlar Ligasi guruh bosqichida ham 15 ochko bilan yetakchi hisoblanadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting