locale OZ

“Arsenal” o'z tarkibini besh karra Angliya chempioni bilan kuchaytirmoqchi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Arsenal” o'z tarkibini besh karra Angliya chempioni bilan kuchaytirmoqchi
FOTO: Getty Images

Londonning “Arsenal” klubi “An-Nassr”ning 31 yoshli markaziy himoyachisi Aymerik Lyaportga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda AS nashri xabar berdi.

Manbaga ko'ra, Saudiya klubi ispaniyalik himoyachining sotuvidan 25 million yevro foyda ko'rmoqchi. Hozirda “kanonirlar” Lyaportning ehtimoliy transferini muhokama qilmoqda.

Ma'lumot uchun, Lyaport 2023-yilda “Manchester Siti”dan “An-Nassr"ga o'tgan edi. U “shaharliklar” bilan birga besh karra Angliya chempioni bo'lgan.

Aymerikning saudiyaliklar bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2026-yilning yozida yakuniga yetadi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 15 million yevroga baholanmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting